Avtotransport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish.
Gaz balonlarni sinovdan o'tkazish laboratoriyasi.

MChJ "TEXNIKKORIK" – bu transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish bilan shug'ullanuvchi O'zbekistondagi eng mashhur korxonalardan biri.

"Texnik ko'rik" kompaniyasiga mijoz va xodimlar turli talablar bilan murojaat qilishlarining ko'plab sabablarini keltirib o'tamiz:

- shahar markazidagi qulay joylashuv o'rni;

- ko'p yillik ish tajribasiga ega yuqori malakali xodimlar o'z ish faoliyatlarini olib borishlari;

- xizmatlar hamyonbop narxda ekanligi.

Takidlab o'tamiz, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga binoan texnik ko'rikdan o'tmagan haydovchilarga nisbatan 122 500 so'm jarima solinadi.

"Texnik ko'rik" nima ? Va u mashinalarga nima sababdan kerak ? Ushbu savollarga javob beramiz. "Texnik ko'rik" - bu mashinalar holatini, ularni foydalanishda yaroqli yoki yaroqsiz ekanini bilish uchun kerakli tekshiruvdir.

Turli transportlarni tekshiruvdan o'tkazish quyidagi davriylikka ega:

  • ∙ Ishlab chiqarilgan muddat 4 yilgacha bo'lgan yangi mashinalar ko'rikdan o'tkazilmaydi;
  • ∙ 4 yildan 10 yilgacha bo'lgan mashinalar ikki yilda bir marotaba ko'rikdan o'tkaziladi;
  • ∙ ko'p yillik eski mashinalar esa har yili;
  • ∙ 5 yildan ko'proq foydalanilgan taksi mashinalari tekshiruvi har olti oyda amalga oshiriladi!
  • "Texnik ko'rik" bilan eng afzal takliflarga ega bo'ling.

Manzilimiz

O'zbekiston, Toshkent, Olmazor tumani, Qoraqamish 1/4 11-A

Ijtimoiy tarmoqlar